Milliy bankning Samarqand filialida pul o‘tkazmalar tizimi ishlamayapti

Milliy bankning Samarqand filialida pul o‘tkazmalar tizimi ishlamayapti. Ertalabdan buyon bankda ulkan navbat yuzaga kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Samarqandda Milliy bank pul o‘tkazmalar tizimi ishlamayapti, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Milliy bankning Samarqand filialida jimoniy shaxslar pul o‘tkazmalar tizimi ishlamayotgani tufayli bank ichida katta navbat yuzaga keldi. Mijozlari ertalabdan buyon kutib o‘tirishibdi.

“Dastlab  soat 11da ishlaydi deyilgan edi. Hozir soat 11da o‘tdi, lekin tizim hali ishga tushgani yo‘q. Mijozlar asabi tarang, pul o‘tkazish, pul olish va kartochkaga pul qo‘yish tizimlari ishlamayapti”, - deyilgan xabarda.

Bank xodimlari bergan ma’lumotga ko‘ra “xodimlar sistemaga kirish uchun Toshkentda dostup ochilishi kerak”.

Milliy bankning Samarqand filialida pul o‘tkazmalar tizimi ishlamayapti