Lavrov Zelenskiyning Putin bilan uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi

Zelenskiy Putinga Minskda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yangi shaklda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Rossiya Ukraina sharqidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, lekin taklifni diplomatik yo‘llar orqali amalga oshirish kerak, deya ma’lum qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

AQSh davlat kotibi Putin va Lavrov bilan muloqotni qanday baholadi?

“Balki, gap jiddiy taklif to‘g‘risida ketganida, u avvalo diplomatik yo‘llar orqali bildiriladi, Facebook orqali emas. Lekin biz Minsk kelishuvlarini ma’qullagan Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini bajarishga yordam beradigan aniq takliflarni ko‘rib chiqishga tayyormiz” – deya Sergey Lavrov so‘zlaridan iqtibos keltiradi RT.

8 iyul kuni Zelenskiy Putinga Minskda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yangi shaklda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi.