Chilonzorda 28 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi – Bosh prokuratura

Ikki fuqaro mehmonchilikka borishgan. U yerda ular spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Chilonzor tumanida sodir etilgan qotillik fosh etilganini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda fuqaro aka-ukani o‘roq bilan jarohatladi

Xabarda ta’kidlanishicha, 7-iyul kuni fuqarolar Yu.M (1976 y.t., erkak) va A.G.lar (1991 y.t., erkak) Chilonzor tumani, 8-mavzeda joylashgan xonadonlarning biriga mehmonga borishgan. U yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan.

8 iyul kuni soat 06:00 larda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal natijasida Yu.M. fuqaro A.G.ning ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qotil tegishli protsessual tartibda ushlangan.