TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Toshkentning Laylitugun ko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda birvarakayiga 4ta avtomobil shikastlandi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Banklardan biriga tegishli bo‘lgan Damas xizmat avtomobili katta tezlikda harakatlanayotib yo‘ldan qayrilib olish uchun to‘xtagan Ravon Nexia avtomobilni ko‘rib qoladi va keskin o‘ng tomonga buraydi.
Keskin manyovr natijasida Avtomobil yo‘ldan chiqib ariqqa tushib ketadi va yo‘l chetida turgan Spark avtomobiliga borib uriladi. Spark esa nariroqda turgan Nexiaga borib uriladi.
Voqea joyiga yetib kelgan YPX inspektorlari birlamchi ko‘rikdan so‘ng ushbu to‘rt avtomobillarning barchasi yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini buzganini qayd etishdi:
Damas - tezlikni oshirgan, masofa saqlamagan;
Ravon Nexia – ruxsat berilmagan joyda qayrilib olmoqchi bo‘lgan;
Yo‘l chetida turgan Spark va Nexia – trotuarda parkovka qilingan bo‘lgan.
Ayni damda YPX inspetktorlari ushbu hodisada aybdorni aniqlashmoqda.