O‘zbekistonda dollar ko‘tarildi, yevro esa pasaydi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 9-iyuldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3,62 so‘mga ko‘tarilib, 8 578,36 so‘m tashkil qildi.

Yevro esa 119,41 so‘mga pasayib, 9 628,35 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,31 so‘mga pasaydi va 134,52 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.