O‘zbekistonda Rossiya harbiy dronlari uchun servis markaz ochilishi mumkin

Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda “Orlan” rusumli uchuvchisiz uchar qurilmalariga xizmat ko‘rsatish markazini tashkil qilish masalasini o‘rganib chiqadi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyada ishlab chiqarilgan “Orlan” harbiy dronlarni ta’mirlash bo‘yicha markaz ochilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiyada kamikadze-dron yaratildi – video

Xabarda aytilishicha, shu yil iyul oxirigacha Chirchiq avia ta’mirlash zavodi imkoniyatlari va  uning bazasida “Orlan” rusumli uchuvchisiz uchar qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha markaz tashkil qilish masalalarini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga Rossiya delegatsiyasi tashrif buyuradi.

“Orlan-10” ko‘p funksiyali uchuvchisiz uchar qurilmalar Rossiya qurolli kuchlarida keng foydalaniladi.  Ular qiyin sharoitli hududda har qanday ob-havoda kuzatuv olib borish uchun mo‘ljallangan.