TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Nigina Faxriddinova Miss Intercontinental nufuzli xalqaro tanlovida ishtirok etayotgan birinchi O‘zbekiston vakili bo‘ladi.
Nigina O‘zbekiston model agentliklari orasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqib Miss Intercontinental Uzbekistan 2019 unvonini olgan. Miss Intercontinental tanlovining final bahsi bu yil 21-dekabr kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
Miss Intercontinental – tanlovi 1971-yildan buyon o‘tkaziladi va u dunyodagi nufuzli tanlovlardan biridir. Unda turli yillarda turli mashhur kishilar ishtirok etgan. 1998-yildan boshlab tanlovda erkaklar uchun ham alohida nominatsiya yaratildi.
Ushbu konkurs tarixida eng ko‘p marotaba g‘oliblar AQSh va Venesuela vakillari bo‘lgan – 5 marotabadan. Puero-Riko vakillari – 4 marotaba yutib chiqqan. MDHdan esa faqat Rossiya vakillari 3 marotaba g‘olib bo‘lgan 1991, 2013 va 2015-yillarda.