Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi yetti kanalli Call-centerni ishga tushirdi

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga ma’lumot olish yoki operator bilan bog‘lanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2019-yilning 1-iyul sanasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli Call-center ishga tushirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Orzudagi ish: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yangi loyihani taqdim etdi

Call-center orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga ma’lumot olish yoki operator bilan bog‘lanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi. Shuningdek, operatorlar yaqin muddatda javob berishi mumkinligi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytiladi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi.

Call-center raqamlari: +7 499 2300076, +7 499 2383620.

TIV O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi Konsullik bo‘limi konsullik okrugiga Rossiya Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bransk viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kostroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva viloyati, Moskva shahri, Orlov viloyati, Razan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Yaroslav viloyati) kirishini eslatib o‘tgan.