Tashkent City᾽da qurilayotgan MOdagi eng baland bino qanchalik mustahkam bo‘ladi?

Tashkent city᾽da qurilishi boshlangan va Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan inshoot 50 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 215 metrni tashkil etadi. Bino poydevoriga Eyfel minorasiga sarflangan temir miqdori ishlatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Tashkent City hududidagi 4-lotda qurilishi boshlagan va Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan bino juda mustahkam bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Murad Buildings kompaniyasi rahbari Murad Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, binoning mustahkam va zilzilaga dosh berishiga to‘g‘risidagi masalalarga alohida e’tibor berilgan va bu asosiy loyihaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olingan.

Tashkent City᾽da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

“Tashkent city᾽ hududidagi 4-lotda amalga oshirilayotgan qurilish poydevorlariga Eyfel minorasiga sarflangan yoki 7,5 ming kilometrni tashkil qiluvchi temir ishlatiladi. Bu Turkiyaga borib, qaytib kelishdan ham uzunroq degani. Bu o‘ziga yarasha jiddiy loyiha”, - dedi Murad Nazarov.

Bundan tashqari, poydevor mustahkam bo‘lishi uchun 700 markali beton ishlatiladi.

Uning ma’lum qilishicha, qurilishi boshlangan obyektning poydevori 20 metr chuqurlikda, ya’ni 4 qavat pastda quyiladi. Joriy yilning kuz oyiga qadar osmono‘par binoning poydevori quyilishi rejalashtirilgan.

“Taxminan noyabr oyidan binoni qavatma-qavat ko‘tara boshlaganimizda hamurtlarimiz shuni guvohi bo‘lishadiki, har 2 va 3 kunda binoning bir qavati ko‘tariladi”, - dedi Murad Buildings kompaniyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Tashkent City᾽da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlangani xabar qilingan edi.