Tashkent City᾽da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

“Osmon barcha uchun” shiori ostida qurilayotgan bu loyihadan xohlagan inson o‘z maskaniga ega bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Bo‘lajak Tashkent City hududidagi Lot№4 qurilish jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Ushbu obyekt Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Tashkent City᾽da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

Murad Buildings kompaniyasi rahbari Murad Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, Tashkent City hududida bir yarim gektardan ortiq maydonda balandligi 215 metrdan oshadigan osmono‘par bino quriladi. Ushbu Markaziy Osiyodagi eng baland bino 50 qavatdan iborat bo‘ladi.

Tashkent City᾽da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

Mazkur obyektning rasmiy nomi 15-avgustdan so‘ng e’lon qilinadi.

“Osmon barcha uchun” shiori ostida qurilayotgan bu loyihadan xohlagan inson o‘z maskaniga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurib, uni ko‘zdan kechirgani xabar qilingan edi. Mazkur xalqaro biznes markazi sakkizta lotga ajratilgan holda barpo etilmoqda. Shu paytgacha 7 million kub metr tuproq ishlari bajarilib, ellikdan ziyod binoga mustahkam poydevor yaratildi. Bugungi kunda beton karkaslar va devorlar qurish, muhandislik tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.