Sut qanday jiddiy kasalliklardan himoya qiladi - tadqiqot

Ispaniya olimlari sut jiddiy kasalliklar oldini olishda muhim rol o‘ynashini ma’lum qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Granada va Madrid universiteti olimlari sut va undan tayyorlangan mahsulotlarni meyorida iste’mol qilish ba’zi jiddiy kasalliklarni rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi.

Eng foydali nonushtalar ro‘yxati

RIA Novosti yozishicha, mutaxassislar sutning foydali xususiyatlari haqida 14 ta ishni tahlil qilishdi.

Yog‘siz sut mahsulotlarni iste’mol qilish, masalan, yogurt, metabolik sindrom, ikkinchi qand kasalligi, kolorektal saraton va qovuq saratoni rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Tadqiqot davomida sut osteoportik suyak yoki tos suyagi sinishidan himoya qilmasligi,  biroq umurtqani mustahkamlashi ma’lum bo‘ldi.  

Ispaniya olimlari xulosalari bo‘yicha “Rimmarita” tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlar nomzodi Rimma Moysenko izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, laktozani hazm qila olmaydigan odamlar toifasi bor, biroq ularga kazein to‘g‘ri keladi.   

“Bu toifadagi odamlarga laktozasiz sut mahsulotlari - tvorog, yogurt, qatiq (kefir) iste’mol qilish mumkin”, - dedi Moysenko.  

Shifokor qaysi kasalliklarda bu mahsulotlarni iste’mol qilish mumkinligini sanab o‘tdi.

Olimlar ichak saratonidan himoyalanish usulini aniqlashdi

“Qatiq ichakni yaxshilaydi, ateroskleroz, insult va infark kasalligiga moil bo‘lgan odamlarga to‘g‘ri keladi. Qatiqda suyaklarni yaxshilashga xizmat qiladigan kalsiy moddasi bor”, - deb ta’kidladi shifokor.

Agarda odamga bu mahsulotlar to‘g‘ri kelmasa, suyaklardan kalsiy moddasi yuvilishiga olib keladi.

“Bu holatda sut va sut mahsulotlarni iste’mol qilishni to‘xtatib, kalsiyni boshqa mahsulotlardan olish kerak”, - deydi Moysenko.

Biroq, rossiyalik shifokor olimlarning faqat tarkibida yog‘ kam bo‘lgan sut mahsulotlari kasalliklarni oldini olishi mumkinligi haqida xulosa bilan rozi emas.

“Sutda yog‘lilik o‘rta darajada - 2,5 foiz, tvorog– 5 dan 9 foiz bo‘lishi kerak, shunda kalsiy hazm bo‘ladi. Shunda bu mahsulotlarning foydali tomoni haqida gapirish mumkin”, - deb ta’kidladi shifokor.