Samarqanddagi orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Samarqand viloyatida 24 nafar mahalliy fuqarolar o‘zlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga daroni kechib o‘tishgan. Ammo, suv sathi ko‘tarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni bo‘lmagan.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Samarqand viloyati Toyloq tumanida bir guruh fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

FVV xabariga ko‘ra, 2019-yilning 4-iyul kuni soat Samarqand viloyati vazirlik navbatchilik xizmatiga telefon orqali Toyloq tumani “Zarafshon” mahallasi “Mirzapolvon” qishlog‘ida yashovchi fuqaro H.A. murojaat qilib yordam so‘ragan.

Termizda chuqurga tushib ketgan sigir qutqarildi – foto

Ma’lum bo‘lishicha, 3-iyul kuni Zarafshon mahallasi Mirzapolvon qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida joylashgan, o‘zlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga 24 nafar mahalliy fuqarolar daroni kechib o‘tishgan. Ammo, suv sathi ko‘tarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida jami 4 nafar harbiy xizmatchi va 6 nafar qutqaruvchilar zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishgan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqarolar tan jarohatisiz maxsus kichik xajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilgan.