Issiq-ko‘lda garovga olingan ayol ozod qilindi: voqea joyiga spesnaz yuborildi

Issiq-ko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasi garovga olingan ayol ozod qilingani haqida ma’lumotni tasdiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Issiq-ko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasi garovga olingan ayol ozod qilingani haqida ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Issiqko‘lda ikki kishi o‘ldirildi va bir ayol garovga olindi

Ayolni garovga olgan shaxs uni qo‘yib yubordi va u oromgohga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Xan-Tengri” oromgohi qorovuli Xitoy bilan yaqin bo‘lgan chegaradagi oshxonaga kirib, oromgoh boshlig‘i o‘rinbosari va ishchisini otib o‘ldirgan. Shundan so‘ng 48 yoshli ayolni garovga olib, hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda gumonlashuvchini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya olib borilmoqda, voqea joyiga spesnaz jangarilari yuborildi.