YPX inspektorlari qachon tan kameralar taqishi ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi bodi kameralar joriy etishni kechiktirgan mulozimlarga hayfsan e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari 2020-yilning  1 yanvardan boshlab bodi kameralar bilan ta’minlanadi. Bu haqida 3-iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 556-sonli qarorida aytib o‘tilgan.

“Ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari va patrul-post xizmati inspektorlari 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab mobil videokameralar va planshetlar bilan ta’minlanadi”, - deyilgan qarorda.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorida, dastlab  1 iyulda belgilangan qaror ijrosini kechiktirilishida aybdor deb topilgan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari X.B. Yusupov va mudofaa vaziri o‘rinbosari R.M. Ergashevga hayfsan e’lon qilingan. IIV va Mudofaa vazirligi qaror ijrosi 1-yanvardan boshlanishi qat’iy ekani tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l hararkati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nizom” 2018-yilning dekabr oyida qabul qilingan va unda bodi kameralardan foydalanishni  2019 yilning 1-aprelida boshlash belgilangan edi. Shunidan so‘ng ushbu muddat 1-iyulga qadar kechiktirilgan edi.