Investorlar barcha uchun teng sharoit talab qilmoqda – vazir  

Oldin investorlar bizdan imtiyoz so‘ragan bo‘lsa, endi ular imtiyozlarni bekor qilishni so‘ramoqda - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri.
Sputnik

TAShKENT, 3-iyul – Sputnik. Oldin investorlar bizdan imtiyoz so‘ragan bo‘lsa, endi ular imtiyozlarni bekor qilishni so‘ramoqda, dedi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

Soliq tizimini takomillashtirish, soliq bosimini barcha orasida teng taqsimlash xorijiy investorlar kelishi uchun juda muhim, dedi Umurzoqov.

“Oldin kelayotgan investorlar bizga qanday imtiyozlar berasizlar deb so‘ragan bo‘lsa, xozir kelayotganlari -  imtiyozlarni qachon bekor qilasizlar. Bizga teng sharoit kerak, deb murojaat qilmoqda”, - dedi vazir.

Tashqi savdo investitsiyalar vazirining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda O‘zbekistonda investitsiyalar haqida yangi qonun chiqadi. Ushbu sohada oldin qabul qilingan barcha qonuniy aktlar, qarorlar va farmonlar inventarizatsiya qilinib, yangi qonunda o‘z aksini topadi. Shunda investorlar uchun ham soha boshqaruvchilari uchun ham ancha oson bo‘ladi.