O‘zbekistondagi anomal issiqlik poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatadi

Skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale v gorode Samarkand
Anomal issiqlik sababli yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda anomal issiqlik sababli yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ xabar qildi.

V Tashkente silneyshiy veter: voditeli boyatsya za svoi avto - foto
Toshkent hokimiyati kuchli shamol bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

“Samarqand - Buxoro, Buxoro - Xiva kabi temir yo‘l uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi. Bunga sabab esa Respublikamizda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda jazirama havo qisqa vaqtga chekinadi

Xabarda “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnadorchilik bildirishi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rashi qayd etilgan.

Anomal jazirama! 2019-yilda qanday ob-havo kuzatiladi - olimlar prognozlari