Toshkentda ikki ayol surxondaryolikni qariyb 18 ming dollarga chuv tushirdi

Toshkentda ikki ayol 36 yoshli fuqaroga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Toshkentda firibgarlik sodir etgan fuqarolar qo‘lga olindi.

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha,  M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 62 yoshli N.S. va 46 yoshli Z.I. ismli ayollar 2019-yilning 7-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Asaka mahallasi hududida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 36 yoshli M.A.ga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan

O‘z xizmatlari uchun undan 17 670  dollarni olgan va pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.S. va Z.I.lar qo‘lga olingan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.