TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. 30 iyun kuni Bakuda YuNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 43-sessiyasi start oldi. Sessiya ishida Bosh vazir o‘rinbosari, YuNESKO masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda, deb xabar qildi GTN portali.
Ta’kidlanishicha, Butunjahon merosi qo‘mitasi sessiyasi vaqtida O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan Shahrisabz, Samarqand va Buxoroda madaniy merosni saqlab qolishga qaratilgan hisobotlar ko‘rib chiqiladi.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan butunjahon madaniy meros obyektlarini saqlash masalalari borasida tavsiyalarni o‘z ichiga olgan Qo‘mita qarori qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil avgust oyida Samarqandda YuNESKO shafeligida moddiy va nomoddiy merosni saqlash bo‘yicha Xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan, anjuman ishida YuNESKO Bosh direktori Odri Azul va ushbu sohaning 200ga yaqin yetakchi olimlari, ekspertlari va mutaxassislari ishtiroki kutilmoqda.