Rossiya chuqur suvosti apparatidagi yong‘in oqibatida 14 nafar dengizchi halok bo‘ldi

Hodisa Rossiya hududiy suvlarida sodir bo‘lgan. Apparat mamlakat harbiy-dengiz floti manfaatlari yo‘lida Tinch okeanining pastki qatlami va qa’rini o‘rganish bilan shug‘ullangan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Birinchi iyul kuni Rossiya ilmiy-tadqiqot chuqur suvosti apparatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida 14 nafar suvosti dengizchilari halok bo‘lgan.

Hodisa  Rossiya hududiy suvlarda sodir bo‘lgan. Apparat mamlakat harbiy-dengiz floti manfaatlari yo‘lida Tinch okeanining pastki qatlami va qa’rini o‘rganish bilan shug‘ullangan. Favqulodda holat batimetrik o‘lchovlarni o‘tkazish chog‘ida ro‘y bergan.

Dengizchilar tutundan zaharlanib, halok bo‘lishgan. Xabarda jamoaning fidokorona harakatlari tufayli yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingani qo‘shimcha qilingan.

Hozirda apparat Severomorsk harbiy dengiz bazasi qolmoqda. Fojia tafsilotlarini aniqlashni Rossiya dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenov o‘z nazoratiga olgan.