Oyoq zarbasi bilan qopqoqni ochish - antiqa chellendj boshlandi

Birinchilardan bo‘lib yangi chellendj ishtirokchilari UFC yengil vazn chempioni Maks Xollouey, irlandiyalik jangchi Konor Makregor va gollivudlik aktor Jeyson Statxem bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Internetda yangi Bottle Cap Challenge nomli chellendj keng tarqalmoqda.

Bu yerda asosiysi - aylanib, oyoq zarbasi bilan butilka qopqog‘ini ochish kerak, bunda idish ichidagi suyuqlik harakatsiz qolishi kerak.

Bu trukni birinchilardan bo‘lib amerikalik UFC jangchisi Maks Xollouey bajardi.

U estafetani taniqli pop-xonanda Jon Mayerga berdi. Mayer esa Jeyson Stetxemga bu chaqiruvni jo‘natdi.

Statxemdan keyin bu chellendj keskin ommalashishni boshladi.

Bunga UFC yulduzi Konor Makgregor ham qo‘shildi.

“Jeyson Stetxem, yaxshi bajarilgan ish. Bu butilkani sen uchun ochmoqdaman. Estafetani Floyd Meyvezerga o‘tkazaman”, - deb yozdi Makgregor.