Qirg‘izistonlik model ilk bor xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi - foto

Xalqaro go‘zallik tanlovi Livan poytaxti – Beyrutda o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Qirg‘izistonlik model Susanna Yegoran Miss Asia World — 2019 tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda model Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Hozirgacha ishonmayapman. Qirg‘iziston ilk bor xalqaro go‘zallik tanlovda g‘alaba qozondi. Qirg‘iziston Miss Asia World — 2019 asosiy tojini olib ketdi. Hammaga rahmat”,  - deb yozdi Yegoran.

Go‘zallik tanlovi Livan poytaxti – Beyrutda o‘tkazildi.  Unda 40 ta davlatdan qizlar ishtirok etdi. Final yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.