IIV qoidabuzarliklar aks etgan videolar uchun pul to‘lay boshladi

O‘zbekiston IIV qoidabuzarliklar aks etgan videolar uchun EKIHning 5% miqdorida pul mukofoti to‘lay boshladi.  
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekiston IIV qoidabuzarliklar aks etgan videolar uchun EKIHning 5% miqdorida pul mukofoti to‘lay boshladi, IIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Ushbu haqida O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qonun 2019yilnig 1-iyuldan kuchga kirdi.

“Yangi tartib ishga tushdi, qoidabuzarliklar aks etgan videolavhalarni yig‘ish boshlandi. Ularni O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir kishi yuborishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Pul mukofotining qiymati eng kam ish haqqining 5% miqdorida belgilangan. Bugungi kunda bu har bir qoidabuzarlik uchun 10136 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu mukofot qoidabuzarlardan undirilayotgan jarimalar hisobidan qoplanadi. IIVga qoidabuzarliklar haqida xabar bergan kishilar haqidagi ma’lumot maxfiy saqlanadi.