TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Olmaotada 26-iyundan 29-iyunga qadar Miss kategoriyasi bo‘yicha Fashion House International Kazakhstan 2019 xalqaro go‘zallik, moda va iste’dod forumi o‘tkazildi.
Tanlovda o‘zbekistonlik Sofya Usova gran-pri g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Usanova Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Tanlovda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 50 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
O‘n yetti yoshli Sofya Moskvada bo‘lib o‘tadigan go‘zallik tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishda davom etadi.
Xalqaro go‘zallik, moda va iste’dod forumi (FHI) O‘rta Osiyo hududida yashovchi xalqlar millat uchun final bosqich bo‘lib, World Beauty 2019 dunyo bo‘yicha finalning saralash bosqichi hisoblanadi.