TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Namangandagi "Afsona" madaniyat va istirohat bog‘ida 30-iyun kunidan boshlab musiqali rangli favvora ishga tushirildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Favvoraning tantanali ochilish marosimi Yoshlar kuni bayramiga bag‘ishlandi.
Osiyoda yagona bo‘lishi ta’kidlanayotgan musiqali favvora obyektida Xitoy, Rossiya va O‘zbekiston davlatlarida ishlab chiqarilgan texnologiyalardan foydalanilgan, dedi viloyat hokimligi matbuot xizmati vakili.
Favvora texnologiyalari to‘liq quvvatda ishlasa 100 metr balandlikka ko‘tariladi, barcha ranglarda turlanadi hamda O‘zbekiston davlat bayrog‘i va ikki yelkanlik kema ko‘rinishini aks ettiradi.
Shuningdek montaj ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir holatda havoda 40 tonnaga yaqin suv muallaq turadi. Havoni namligini kuchaytiradi.