TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari amerikalik tele-yulduz Kim Kardashyan Yaponiyaga nisbatan hurmatsizlikda ayblashdi. Bu haqda USA Today xabar qildi.
Yaqinda Kardashyan Twitter sahifasida Kimono Solutionwear nom bilan ichki kiyim ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida post yozgandi.
Biroq mushtariylar tele-yulduzni Yaponiya an’anaviy libos nomi bilan pul ishlab topmoqchi bo‘lganlikda gumon qilishdi.
Kardashyan esa “milliy libosni” haqorat qilishni istamagani, faqatgina kimono chiroyiga ehtirom ko‘rsatmoqchi bo‘lganini aytadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Yaponiya madaniyatida kimononi juda hurmat qilishi, lekin ichki kiyim to‘plamini ishlab chiqarish rejasidan voz kechmasligini ma’lum qiladi.