AQSh va KXDR jurnalistlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Tramp va Kim Chen In uchrashuv vaqtida AQSh va KXDR jurnalistlari mushtlashuv sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi vaqtida amerikalik va shimoliy koreyalik jurnalistlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti CNN muxbiri Jim Aksotuga asosan xabar qildi.

Tramp va Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida uchrashishdi

Tramp va Kim uchrashuvini yoritish uchun qulay joy egallashga harakat qilgan jurnalistlar o‘rtasida janjal yuz berdi. Bu hodisada Oq uy matbuot kotibi zarar ko‘rdi.

Kuni kecha, 30-iyun kuni AQSh va KXDR yetakchilari Tramp va Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida demilitarizatsiya zonasida uchrashishdi.

Tomonlar Pxanmmundjom punktida muzokara o‘tkazdi. Tramp bilan u yerga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ham keldi.