Yangi Toshkentda 2 million aholi yashaydi

Maydoni 18 ming gektarga teng bo‘lgan "Yangi Toshkent" poytaxtni 60% ga kengaytiradi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Toshkent shahar chegarasi kelajakda yana 18 ming gektar maydonga kengayishi mumkin. Bu haqida Toshkent hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov, Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishi qanday kechayotganini kuzatdi

Hidoyatov aytishiga qaraganda, hozir Toshkent shahrining umumiy hududi 33 ming gektarni tashkil qiladi. Yangi qo‘shiladigan maydon shaharni yana 60%ga kengaytiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra,  “Yangi Toshkent” poytaxtning Sharqiy tomonidan, Chirchiq darosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab joylashadi. Biroz oldin Britaniyaning Benoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi shahar virtual loyihasi namoyish etilgan edi. Ayni damda xitoylik me’morlar taklifi ham ishlab chiqilmoqda.

“Yangi Toshkentda” ma’muriy hudud, markaziy biznes hududi, savdo hududi va aeroport zonasi bo‘ladi. Yangi shaharda umumiy hisobda 2 millionga yaqin kishi yashashi mumkin bo‘ladi.