Jizzaxda harakatdagi attraksion ikkiga bo‘linib ketdi - dahshatli video

Hodisa haqidagi ma’lumot FVV tomonidan tasdiqlandi
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. Jizzax shahridagi "Istiqlol" parkida ichida odamlari bo‘lgan attraksion harakat vaqtida yerga quladi.

Dahshatli kadrlarda attraksion qay tarzda ikkiga bo‘lingani va yerga qattiq qulagani aks etgan.

Attraksion aylanishini telefonga suratga olib turgan guvohlardan biri kutilmagan dahshatli hodisani ko‘rib, "voy, o‘lmasam", deya baqiradi va shu zahoti odamlar shovqin-suron ko‘tarib yordamga shoshilganliklarini ham ko‘rish mumkin.