Tramp Putindan Amerikadagi saylovlarga aralashmaslikni so‘radi

Vladimir Putin va Donald Tramp G20 sammiti doirasida uchrashishdi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning Osaka shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti doirasida o‘tkazilgan uchrashuvi yakunlandi.

G20 sammiti boshlanishidan oldin Tramp va Putin qisqacha suhbatlashdi

Bir yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan suhbatda ikki davlat rahbarlari Eron, Ukraina, Suriya, Venesuela masalalarini muhokama qilishgan.

Prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishidan butun dunyo manfaatdorligini qayd etishgan.

RIA Novostining yozishicha, muzokaralar boshlanishidan avval jurnalistlar Amerika yetakchisidan Putindan AQShdagi saylov jarayonlariga aralashmaslikka chaqirishini so‘rashgan. Tramp ularning iltimosini bajargan.

“Iltimos, saylovlarga aralashmang. Saylovlarga aralashmang”, - deya tabassum bilan murojaat qilgan Tramp.

Har ikki prezident hazil tariqasida aytilgan gaplarga kulib qo‘yishgan.

Avvvalroq AQSh Maxsus prokuror Robert Muller Donald Tramp va uning xodimlari 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval ikki davlat rahbari G20 sammiti ochilish marosimida qisqacha suhbatlashgani xabar qilingan ed

“Katta yigirmatalik” sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda jahon iqtisodiyotidagi eng yirik 20 davlat vakillari ishtirok etmoqda.