TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp o‘rtasida G20 sammiti ochilish marosimidan oldin qisqacha suhbat bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, Rossiya va AQSh rahbarlari G20 sammiti ishtirokchilarini suratga olish marosimida ishtirok etish uchun yo‘l olayotib, qizg‘in suhbatlashishgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ikki yetakchi bir-biri bilan shunchaki salomlashgan va hech qanday jiddiy masalalarni muhokama qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp va Vladimir Putin Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida bilan uchrashishi haqida xabar qilingan edi.
Ular uchrashuv davomida Eron, Suriya, Ukraina va qurollanish ustidan nazorat mavzularini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga “aralashuvi” mavzusiga ham to‘xtalib o‘tishi mumkin.