Ekspert: Renault kelishi konservativ o‘zbek avtobozorini o‘zgartirmaydi

Fransiya avtokonserni O‘zbekistonda budjet modeldagi Renault KWID yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapovning fikricha, o‘zbek bozorida oddiygina krossoverning paydo bo‘lishi umumiy ahvolni o‘zgartirishi amrimahol
Sputnik

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Renault KWID Rossiya avtomobillari yoki mahalliy sedanlarga jiddiy raqobat paydo qilishi amrimahol.

"O‘zbek avtomobil bozori juda konservativ – avtoishqibozlar katta bagajnikli sedanlarga o‘rganib qolishgan, qolaversa kopmlektatsiyasi ham yaxshi - olti pog‘onali, o‘rindiqlar isitiladi. Rossiya modellariga keladigan bo‘lsak, narxidan kelib chiqqan holda olishadi. Yig‘ish uchun taklif etilayotgan Renault modeli esa – bu uchinchi davlatlar bozorlari uchun mahsulot - oddiy arava", - deb qayd etdi Sharapov.

Ekspert izohini Sputnik O‘zbekiston podkastida tinglang.

Ekspert: Renault kelishi konservativ o‘zbek avtobozorini o‘zgartirmaydi