Xitoy va AQSh savdo urushiga nuqta qo‘yiladimi?

Xitoy va AQSh savdo urushida sulh e’lon qilishga kelishib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Xitoy va AQSh savdo urushida sulh e’lon qilishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti South China Morning Post gazetasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Xitoyning AQShga qarshi 3ta kuchli "quroli"

Ma’lum qilinishicha, savdo urushiga barham berilgani 28-29 iyun kunlari Osakada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida e’lon qilinadi.

O‘tgan yilning iyul va sentabr oylarida AQSh va Xitoy bir-birlariga qarshi yiliga yuzlab milliard dollarlik import mahsulotlarga bojlar joriy etgandi.  

Dekabr oyining boshlarida Argentinadagi “Katta yigirmatalik” uchrashuvi doirasida ikki mamlakat savdo urushida “sulh” tuzishga kelishib olgandi.

AQSh dollarni devalvatsiyaga tayyorlamoqda

“AQSh va Xitoy nizoni hal qilish uchun muzokaralarni qayta tiklash maqsadida savdo urushida yana bir sulh tuzishga kelishib oldi”, - deya manbalardan iqtibos keltiradi nashr.

Xitoy gazetasi suhbatdoshlaridan biri Amerika prezidenti xohlagan vaqtda bu masala borasida o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkin deb hisoblaydi.

Chorshanba, 26-iyun kuni AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin CNBC telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo kelishuvi 90%ga tayyor bo‘lganini va uni imzolash imkoniyati saqlanib qolganini xabar qilgandi.