Issiq-ko‘l aeroportiga birinchi o‘zbekistonlik sayyohlar keldi – foto

Aviaqatnov muntazam bo‘ladi: samolyot 27-iyundan 6-sentabrgacha har payshanba kuni parvoz qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. “Issiq-ko‘l” xalqaro aeroportida Toshkentdan uchib kelgan birinchi yo‘lovchilarni qabul qildi.

"Issiq-Ko‘l" bir qadam: Toshkent va Bishkek 27-iyundan charter reyslarni ishga tushirmoqda

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston “Manas” xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 27-iyun kuni aeroportda Toshkentdan kelgan birinchi charter reys tantanali ravishda kutib olindi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Airbus A320 samolyotida 133 yo‘lovchi olib kelindi.

Aviaqatnov muntazam bo‘ladi: reys 27-iyundan 6-sentabrgacha har payshanba kunlari amalga oshiriladi.