Buxoroda 2 yoshli bolaning qo‘li go‘shtqiymalagich ichiga kirib qoldi

Voqea joyiga zudlik bilan FVB Qutqaruv otradi yetib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. Buxoroda 2 yoshli bolaning qo‘li go‘shtqiymalagich ichiga kirib qoldi.

FVVning xabar qilishicha, 25-iyun kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Buxoro shahar Havzi Nav ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro farzandining qo‘li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go‘shtqiymalagich ichiga kirib qolganligi va uni Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali jarrohlik bo‘limiga olib borilganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo‘lini go‘shtqiymalagichdan chiqarib olishdi

Voqea joyiga zudlik bilan FVB Qutqaruv otradi yetib borgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2016-yilda tug‘ilgan bolakayning qisilib qolgan barmoqlarini tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda maxsus uskuna yordamida jarohatsiz chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash hodisa Samarqand viloyatida ham sodir bo‘lgan edi. O‘shanda FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo‘lini go‘shtqiymalagichdan chiqarib olishgan edi.