O‘zbekiston majburiy mehnatga qarshi Konvensiyaga Bayonnomani ratifikatsiya qildi

Mazkur Konvensiyaga Bayonnoma 2014-yil 11-iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomomnidan joriy yilning 25-iyun kuni imzolandi.

AQSh O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilayotganini qayd etdi

Eslatib o‘tamiz, mazkur Konvensiyaga Bayonnoma 2014-yil 11-iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan. Endi bu hujjat O‘zbekiston tomonidan tan olindi.

Konvensiyaning o‘zi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 492-I-son qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida paxta yig‘im-terim jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb etiladigan mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni dala markazlariga joylashtirish bo‘yicha eksperimental loyiha amalga oshirish rejalashtirilgani xabar qilingan edi.