Rossiyada kamikadze-dron yaratildi – video

"Kalashnikov" konserni kichkina portlaydigan uchuvchisiz qurilmani taqdim etdi.
Sputnik

Bu qurilmaning nomi "Lansert", bu majmua havo, yer va suvdagi nishonlarga zarba berish uchun mo‘ljallangan.

“Aqlli” qurol qurilmasi mustaqil holda belgilangan nishonni aniqlab, uni yakson qiladi.

Bu yangi qurol “Armiya-2019” xalqaro harbiy-texnikaviy forumda namoyish qilindi.

Beshinchi yubiley forumi 25-30 iyun kunlari “Patriot” ko‘rgazma markazi, “Kubinka” aerodromi va “Alabino” poligonida o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada 350 ortiq texnika mehmonlar e’tiboriga havola etiladi.