DXX bir tonnadan ortiq narkotikni yoqib yubordi – foto

Sputnik

Bugun 26-iyun "Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash" kunidir. Shu munosabat bilan bugun Toshkentda bir tonnadan ortiq (1028 kg) narkotik moddalarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazildi.

Bu muhim tadbirga mahalliy va xorijiy jurnalistlar taklif qilindi. Tadbirda Sputnik O‘zbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, narkotiklar orasida 7,7 kg geroin, 195 kg opiy, 56 kg gashish, 557 marixuana, 130 kg ko‘knor, 81 kg kanabis va 263 gr sintetik narkotiklar bor.

O‘zbekistonda 2018-yilda giyohvandlik moddalari aylanishi bilan bog‘lik bo‘lgan 4779 ta jinoyat ochildi. Ulardan 1626 tasi narkotik moddalarni sotish, 171 tasi kontrabanda, 1238 tasi giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish va 66 tasi bangixonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlardir.

Shuningdek, 1678 ta narkotik moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa jinoyatlar.

1 / 12
Davlat xavfsizlik xizmati 1 tonnadan ortiq (1028 kg) narkotik moddalar yoqishga tayyorladi.
2 / 12
Tadbir o‘tkaziladigan zavod barcha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlandi.
3 / 12
Davlat xavfsizlik xizmati 1 tonnadan ortiq (1028 kg) narkotik moddalar yoqishga tayyorladi.
4 / 12
Narkotiklar orasida 7,7 kg geroin, 195 kg opiy, 56 kg gashish, 557 marixuana, 130 kg ko‘knor, 81 kg kanabis va 263 gr sintetik narkotiklar bor.
5 / 12
Narkotiklar orasida 7,7 kg geroin, 195 kg opiy, 56 kg gashish, 557 marixuana, 130 kg ko‘knor, 81 kg kanabis va 263 gr sintetik narkotiklar bor.
6 / 12
O‘zbekistonda 2018-yilda giyohvandlik moddalari aylanishi bilan bog‘lik bo‘lgan 4779 ta jinoyat ochildi.
7 / 12
Ichki ishlar vazirligi tomonidan 4530 ta jinoyat, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 181 ta jinoyat, DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan – 70 ta jinoyat hamda va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 229 ta jinoyat fosh qilindi.
8 / 12
Narkotik moddalarni yoqib yuborilishi.
9 / 12
Narkotik moddalarni yoqib yuborilishi.
10 / 12
Narkotik moddalarni yoqib yuborilishi.
11 / 12
Narkotik moddalarni yoqib yuborilishi.
12 / 12
DXX OAV xodimlari ko‘z o‘ngida 1 tonnadan ortiq narkotikni yoqib yubordi.