Chelyabinskda Jennifer Lopesga o‘xshash ayol topildi – foto

Internet foydalanuvchilari Natalyani gollivudlik aktrisa va xonanda Jennifer Lopesga juda o‘xshash ekanligini ta’kidlamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. OAVlar Chelyabinskda istiqomat qiluvchi Natalyaga e’tibor qaratishdi. Obunachilar u gollivudlik aktrisa va xonanda Jennifer Lopesga juda o‘xshash ekanligini ta’kidlashmoqda.

Bu holatni birinchilardan vizajist Yana Panfilovskaya ko‘rib qoldi.

Kosmetika yordamida u dongdor aktisaning obrazini takrorladi.

Natalyaning foto surati internetda tarqalgandan so‘ng, unga ko‘plab kinoda suratga tushish takliflari kelishi boshladi.

Natalya so‘zlariga ko‘ra, u o‘z hayotini model biznesiga bag‘ishlamoqchi.