Aris shahrida masjidlar mo‘’jiza tufayli omon qoldi - video

Aris shahridagi portlashlardan so‘ng hech qaysi masjid talofat ko‘rmadi. Shaharda 9 ta masjidning oyna va eshiklari ozgina shikast yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Qator portlashlardan so‘ng Arisda joylashgan masjid binolari hech qanday jiddiy talofat ko‘rmadi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Masjid xizmatchilarining so‘zlariga ko‘ra, ayrim binolarga kichik shikast yetkazildi.

Internetda video tarqaldi. Unda Arisdagi masjidlardan biri aks etgan.

 

“Birorta ham oyna sinmagan”, - deydi video muallifi.

Masjid qarshisida turgan uyda esa oynalar singan bo‘ladi.

Aris markaziy masjidining bosh imomi Abdukaman Abdukarim binolarda biroz shikast yetganini aytadi.

Imomning so‘zlariga ko‘ra, Aris tumanida jami 27 masjid ochilgan bo‘lib, shaharning o‘zida 9 ta masjid faoliyat ko‘rsatadi.