Jizzaxda haydovchi opa-singillarni urib yubordi

“Neksiya” haydovchisi 11 yoshli qiz va uning qo‘lida ko‘tarib olgan jajji, 2019-yilda tug‘ilgan singlisini urib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Jizzax shahrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkentda mast haydovchi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining xabar qilishicha, 24-iyun kuni Jizzax shahrining Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qassoblik mahallasida haydab ketayotgan vaqtda piyodalar, 11 yoshli O.Q. ismli qiz va uning qo‘lida ko‘tarib olgan 2019-yilda tug‘ilgan singlisini urib yuborgan.

“Natijada opa singillar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar”, - deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.