TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Aris shahrida portlash oqibatida harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, qurol-aslaha omborxonasida portlashlar oqibatida ikkinchi shaxs halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi, harbiy xizmatchining ismi Alimbekov B.M.
Ilgariroq, Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin fojiada ikki kishi halok bo‘lganini aytgandi.
Kuni kecha ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik omborxonada o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida 71 kishi jabrlagan, ulardan 15 nafari, shu jumladan ikki bolakay kasalxonalarga yotqizilgan.