Shveysariya Gulnora Karimova ishi bo‘yicha 133 million dollarni qaytaradi

O‘tkazilgan tergovlar asosida olib qo‘yilgan mablag‘lar O‘zbekistonning yo‘qotilgan aktivlari deb tan olindi va ular O‘zbekistonga qaytarib beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Shveysariya O‘zbekistonga 130 million (133 million dollar) shveysariya frankini qaytarib beradi. Bu haqda Shveysariya bosh prokuratura xabar qildi.

Shveysariya sudi Gulnora Karimova mablag‘laridan foydalanishni ta’qiqladi

O‘tkazilgan tergovlar asosida olib qo‘yilgan mablag‘lar O‘zbekistonning yo‘qotilgan aktivlari deb tan olindi va O‘zbekistonga qaytarib beriladi.  

Bu mablag‘lar noqonuniy yo‘l bilan olingani va keyinchalik chet elda, ko‘p qismi Shveysariyada “yuvilgani” aniqlandi.

Mablag‘larga bir necha yil muqaddam taqiq qo‘yilgan. Olti yildan ortiq muddat yuritilgan jinoiy ish doirasida jami 784 million dollar muzlatilgan. Qolgan mablag‘lar haligacha muzlatilgan holatda turibdi.

Bundan avval Gulnora Karimovaning aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha xalqaro sheriklar bilan birgalikda ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qilingandi. Toshkent 12 davlatda, shu jumladan Rossiyada Karimovaning boyliklarini hibsga olish tashabbusi bilan chiqqan, ularning umumiy miqdori 1,5 milliardan ziyod.