Rossiya harbiylari AQSh ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradi

Rossiyaning Tu-154MLK-1 samolyotida 24-29 iyun kunlari AQSh hududi ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Shu haftada Rossiya kuzatuvchilari ochiq osmon shartnomasi doirasida ikkita parvoz amalga oshiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiya bombardimonchi sababli Yaponiya qiruvchi samolyotlari osmonga ko‘tarildi

Birinchi parvoz Rossiyaning Tu-154MLK-1 samolyotida 24-29 iyun kunlari AQSh hududi ustidan amalga oshiriladi.  Parvoz Greyt-Fols aerodromidan boshlanadi va uning masofasi 5130 kmni tashkil qiladi.

Ikkinchi parvo 24-28 iyun kunlari Shvetsiya ustidan amalga oshiriladi. Buning uchun AN-30B samolyotidan foydalaniladi. Samolyot Uppsala aerodromidan uchib chiqadi, parvoz masofasi 1700 kmni tashkil qiladi.

Parvozlar kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bajariladi. Samolyot ichida AQSh va Shvetsiya mutaxassislari ham bo‘ladi. Ular jihozlardan foylanish va shartnoma shartlariga rioya etish tartibini nazorat qiladi

Shuningdek, shu haftada Rossiya hududidan Fransiya va Germaniya qo‘shma parvozi amalga oshiriladi.