Koreyalik jangchi besh soniyada raqibini nokautga uchratdi - video

Koreyalik MMA jangchisi raqibiga juda kuchli zarba berdi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Janubiy Koreya poytaxtida MMA tarixida eng qisqa jang o‘tkazildi.

Mahalliy sportchi Von Djun Choyi besh soniyada raqibini nokautga uchratdi. Ta’kidlanishicha, Xvan In Su ikkinchi soniyada juda kuchli zarbani o‘tkazib yubordi.

Qolgan daqiqada hakam jangchining holatini aniqlashga harakat qildi.

Keyinchalik hakam texnik nokaut qayd etishga qaror qildi.