Xodimlarning ish haqidan qaysi holatlarda ushlab qolinishi mumkin?

Ish haqidan faqatgina xodimning yozma arizasiga asosan ushlab qolinishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Adliya vazirligi xodimlarning ish haqidan qaysi holatlarda ushlab qolinishi mumkinligi haqida eslatma bilan chiqdi.

Ish haqidan faqatgina xodimning yozma arizasiga asosan ushlab qolinishi mumkin.

O‘zbekistonliklar dam olish kuni ham ishlashga majbur qilinib, oyliklaridan ushlab qolinmoqda

Ish haqi faqatgina qonunda ko‘rsatilgan hollardagina (soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar) xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin.

Xabarda boshqa hollarda (masalan, obuna, kommunal to‘lovlar va h.k.) xodimning yozma roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish noqonuniyligi ta’kidlab o‘tilgan.

eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan respublika fuqarolarining mehnat huquqlariga rioya etilishini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ish beruvchilar tomonidan xodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolinayotganligi holatlari hamon davom etayotganligini qayd etilgandi. Mazkur turdagi qonunbuzilishlar ko‘pincha banklarda (23%), sog‘liqni saqlash (26,3%), moliya (23,9%) va ta’lim(20%) sohalarida uchrashligini ko‘rish mumkinligi ma’lum qilingandi.