Kelinlar qurshovidagi Putin va Tramp bo‘sasi: siyosatchilarning mashhur selfilari

Sputnik

Selfi allaqachon hayotimizga kirib kelib, uning ajralmas bir qismiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda o‘zini suratga tushirishni xushlamaydiganlar kamdan-kam topiladi. Mashhurlar bilan selfi tushish ayrimlarning sevgan mashg‘ulotiga aylangan.

Siyosatchilarga ham selfiga tushish “kasali” yuqqan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Fikrimizni tasdig‘i sifatida e’tiboringizga fotojamlanmani havola qilamiz. Unda siyosatchilarning bir-biridan rang-barang va qiziqarli suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.

1 / 14
AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton va qo‘shiqchi Farell Uilyamsning birgalikdagi surati. 2016-yil, Shimoliy Karolina.
2 / 14
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Kuala-Lumpur shahrida rus va ukrain sayyohlari bilan suratga tushmoqda.
3 / 14
Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyon Tulonda tarafdorlari bilan suratga tushmoqda.
4 / 14
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qizil maydonda Shahar kuni marosimining tantanali ochilish marosimida.
5 / 14
Fransiyalik siyosatchi Marin Le Pen tarafdorlari bilan selfiga tushmoqda.
6 / 14
Janibiy Koreya prezidentligiga nomzod Mun Chje In tarafdorlari qurshovida.
7 / 14
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan selfi tushishga urinayotgan bolakay.
8 / 14
Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan suratga tushmoqda.
9 / 14
AQSh prezidenti Barak Obama tarafdorlari qurshovida va ular bilan suratga tushmoqda.
10 / 14
Qochoq Germaniya kansleri Angela Merkel bilan suratga tushmoqda.
11 / 14
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Nayrobi Milliy parkida filcha bilan suratga tushmoqda.
12 / 14
Brusseldagi shifoxonada AQSh birinchi xonimi Melanya Tramp bilan suratga tushayotgan qizaloq.
13 / 14
Ivanka Tramp bilan suratga tushayotgan qiz.
14 / 14
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp tarafdori bilan suratga tushmoqda. 2016-yil