Cho‘kib ketgan qirg‘izistonlik ayolning jasadi O‘zbekistonda topildi

To‘rt kun avval 22 yoshli qirg‘izistonlik ayol suv kanalga tushib ketdi, uning ortidan turmush o‘rtog‘i suvga sakradi, ammo suv oqimi ularni olib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Janubiy-Farg‘ona kanaliga tushib ketgan 22 yoshli qirg‘izistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 22-iyun kuni o‘zbekistonlik qutqaruvchilari ayolning jasadini topishdi. Kelasi kun jasad qarindoshlarga berildi.

Fojia 20-iyun kuni sodir bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, kelin soat 11:00 da kanalga tushib ketgan. Kuyov uni qutqaraman deb suvga sakragan, uning orqasidan yana bir yigit suvga tushdi. Oxirgi sakragan yigit qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq er-xotinni suv oqimi olib ketdi.