Chaykovskiy tanlovida o‘zbekistonlik opera ijrochilari ham ishtirok etmoqda

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Chaykovskiy nomli nufuzli xalqaro musiqiy tanlovda ikki nafar o‘zbekistonlik opera ijrochilari ham ishtirok etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Ushbu kunlarda Moskva va Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Chaykovskiy nomli XVI xalqaro tanlovda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda, deb xabar qildi Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi matbuot kotibi Sputnik muxbiriga.

Ushbu yilgi tanlovda dunyoning 26 mamlakatidan 228 ta ijrochi ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov hamda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bitiruvchisi Angelina Axmedova ham bor. Ular “Yakkaxon ijro” tanlovida ishtirok etmoqda.

Chaykovskiy tanlovida o‘zbekistonlik opera ijrochilari ham ishtirok etmoqda

Tanlovda J.Piyazov G.Gendelning “Rinaldo” operasidan Argante ariyasini, Dj.Verdining “Atilla” operasidan Atilla ariyasini, Hamda Chaykovskiyning “Blagoslovlyayu vas, lesa” romansini ijro etdi. Angelina Axmedova esa Motsart va Rimskiy-korsakovlarning ariyalari hamda Chaykovskiyning “Skaji, o chem v teni vetvey” romansini ijro etdi.

Chaykovskiy tanlovi kundaligini batafsil yoritib borayotgan jurnalist Vladimir Dudin Angelina Axmedovaning chiqishi haqida quyidagilarni qayd etgan.

“Angelina chiqishida nafaqat vokal sohasida chuqur bilim va tayyorlarlikni,  balkim sahnada o‘zinin tutish san’atini ham namoyish etdi”, - deb yozgan Dudin.

Ma’lumot uchun, Chaykovskiy tanlovi – klassik musiqa olamida eng nufuzli musiqali tanlovlardan biri hisoblanadi. U har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Tanlovda “fortepyano”, “skripka”, “violonchel”, “yog‘och puflab chalinadigan aspoblar” hamda “yakkaxon ijro” mutaxassisliklari bo‘yicha eng yaxshi musiqachilar tanlab olinadi. Tanlov finali 29-iyun kuni Saankt Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

Chaykovskiy tanlovida o‘zbekistonlik opera ijrochilari ham ishtirok etmoqda