Aris shahrida portlashlar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Turkiston viloyati hokimi Aris shahrida portlashlar oqibatida halok bo‘lgan va jabrlangan kishilar haqida ma’lumot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Qozog‘istonning Aris shahrida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimi Umirzoq Shukeyev ma’lum qildi.

Portlashlar va vahima: harbiylar aholini evakuatsiya qilmoqda – video

“Jabrlanganlar bor, 31 kishi shifoxonaga jo‘natilgan. Ikki kishi og‘ir ahvolda. Bir kishi halok bo‘ldi. Uning mashinasiga o‘q tushdi”, - dedi Shukeyev.

Bugun ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Qutqaruvchilar tomonidan shaharda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar shahardan olib chiqib ketilmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Arisi shahrida 45 ming kishi yashaydi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.