Haqiqat qaror topdi - 2-yil o‘tib qizlarga oltin medallar topshirildi

O‘zbekiston gimnastikachilariga oldin medallar 2-yildan so‘ng topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. 2017-yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionatida Qozog‘iston ginastikachilari oltin, O‘zbekiston gimnastikachilari esa kumush medal olishgan edi. Keyinchalik esa qozog‘istonlik sportchilar dopingdan foydalangani ma’lum bo‘lgan va ularning natijalari bekor qilingan.

Haqiqat qaror topdi - 2-yil o‘tib qizlarga oltin medallar topshirildi

Yaqindan Tailandning Pattayya shahrida boshlangan Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida hakamlar hayati oldin medallarni O‘zbekiston gimnastikachilariga topshirishga qaror qildi.

“Haqiqat qaror topdi, O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari— Anastasiya Serdukova, Sabina Tashkenbayeva, Nuriniso Usmonova va Anora Davlatovalarga oltin medallar topshirildi. Medallarni O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbari Ruslan Mirziyev topshirdi”, - deyilgan MOQ xabarida.

Undan tashqari o‘sha musobaqada 4 –o‘rinni olgan Anastasiya Serdukovaga kumush medal topshirildi.

Bu yilgi Osiyo  chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tartibda ishtirok etadi: yakka tartibda: Sabina Tashkenbayeva, Nurinisso Usmonova va Yekaterina Fetisova. Guruh musobaqalarida: Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova va Sevara Safoyeva.